Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Uzbekistan Airways: Yaqin Sharq va Osiyo–Tinch okeani yo‘nalishlarida reyslar jadvali o‘zgardi

Uzbekistan Airways: Yaqin Sharq va Osiyo–Tinch okeani yo‘nalishlarida reyslar jadvali o‘zgardi

Uzbekistan Airways Hindiston va Pokiston chegarasida yuzaga kelgan vaziyat munosabati bilan Janubi-Sharqiy Osiyo va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlariga parvozlar yo‘nalishlari vaqtinchalik o‘zgarganini ma’lum qildi.

«Parvozlar xavfsizligini maksimal darajada ta’minlash maqsadida, shuningdek, Pokiston va Hindiston chegarasi yaqinidagi havo hududidan vaqtincha o‘tishga qo‘yilgan cheklovlar sababli Deli, Mumbay, Bangkok, Kuala Lumpur, Phuket kabi shaharlar yo‘nalishidagi reyslarning marshrutlari o‘zgartiriladi», — deyiladi xabarda.

Shaharlar ro‘yxati yangilanishi, marshrutlarga qo‘shimcha tuzatishlar kiritilishi mumkin.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yo‘nalishga qarab sayohat vaqti 1,5 soat yoki undan ortiqqa ko‘payadi.

Kiritildi: 10:37 09.05.2025. O'qildi: 480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!