Hindiston harbiylariga ko‘ra, Pokiston Jammu, Pathankot va Udhampur viloyatlaridagi nishonlarga hujum qilgan.
Hujumda raketalar va dronlardan foydalanilgan. Hindiston armiyasi rasmiylarining aytishicha, tahdid bartaraf etilgan, qurbonlar va vayronalar yo‘q.
Ushbu harakatlarga javoban Hindiston Arab dengizidagi Pokiston harbiy obektlariga qarshi harbiy operasiya boshladi. Qarshi choralar tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan.