Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Ukraina parlamenti AQSh bilan foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuvni tasdiqladi

Ukraina parlamenti AQSh bilan foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuvni tasdiqladi

Ukraina parlamenti AQSh bilan foydali qazilmalar bo‘yicha hukumatlararo bitimni tasdiqladi. Ushbu qaror 338 ta ovoz bilan qabul qilindi. Hech bir deputat qarshi ovoz bermadi yoki betaraf qolmadi, biroq to‘qqiz nafar deputat majlisda ishtirok etmadi.

Tasdiqlanish, xususan, Ukraina va AQSh hukumatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama bitimga taalluqlidir.

"RBK Ukraina" xabar berishicha, keyinchalik yana ikkita qo‘shimcha texnik kelishuv imzolanishi kutilmoqda, ammo ular parlament tomonidan tasdiqlanishini talab qilmaydi.

Kelishuv amerikalik investorlarga Ukraina tabiiy boyliklaridan imtiyozli foydalanish va ularni eksport qilishdan daromad olish huquqini beradigan "AQSH-Ukraina qayta tiklash investisiya jamg‘armasi"ni tashkil etishni ko‘zda tutadi.

Kiritildi: 22:48 08.05.2025. O'qildi: 598 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!