AQSh prezidenti Donald Tramp tez orada Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilish niyatida ekanini ma’lum qildi.
"Biz hozirgina Ukraina bilan nodir metallar bo‘yicha bitim tuzdik, bu ularning qonun chiqaruvchi organlari tomonidan to‘liq ratifikasiya qilindi va ma’qullandi. Va biz buni qadrlaymiz va men prezident [Zelenskiy] bilan biroz vaqt o‘tgach, biroz keyinroq gaplashaman," - dedi u Oq uyda jurnalistlarga.
Amerika yetakchisi Zelenskiy bilan aynan qaysi mavzularni muhokama qilmoqchi ekaniga aniqlik kiritmagan.