Tramp Erdo‘g‘ondan Ukraina bo‘yicha muzokaralarga vositachilik qilishni so‘radi. Bu haqda Hurriyet xabar berdi.
Turkiya prezidenti ma’muriyati Rajab Toyib Erdo‘g‘on va Donald Tramp Ukraina mojarosini hal qilishda birgalikdagi sa’y-harakatlar to‘g‘risida kelishib olganini ma’lum qilgan. Erdo‘g‘an muzokaralarni "samarali" deb atagan.
Hurriyet nashrining yozishicha, Tramp Erdo‘g‘onning Rossiya Putin bilan ham, Zelenskiy bilan ham muzokaralar olib borish qobiliyatini qayd etgan. Shu sababli AQSh prezidenti Turkiya yetakchisiga vositachilik qilishni taklif qilgan. Ammo Turkiya rahbarining bu iltimosga javobi ma’lum qilinmagan.