Ukraina Milliy banki rahbari Andrey Pishniy mamlakat bazaviy valyuta sifatida AQSh dollaridan voz kechib, yevroga o‘tish imkonini o‘rganishni boshlaganini ma’lum qildi. Bu qaror global savdo zanjirlarining parchalanganligi va Ukraina bilan Yevropa o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi fonida ko‘rib chiqilmoqda.
Pishniyning so‘zlariga ko‘ra, hozircha Ukraina valyuta bozorida dollarning ulushi ustun bo‘lib qolmoqda, biroq ko‘plab segmentlarda yevro bilan operasiyalar ulushi bosqichma-bosqich oshib bormoqda.
Mutaxassislar fikricha, agar Ukraina bu o‘zgarishni amalga oshirsa, u moliya bozorlariga ta’sir qilishi va Yevropa Ittifoqi bilan iqtisodiy integrasiyani kuchaytirishi mumkin. Shu bilan birga, bu jarayon bir necha yil davom etishi va ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kutilmoqda.