Bugun 3 may, 2025 yil, shanba

КИР

Xulen Lopetegi Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi!

Xulen Lopetegi Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi!

Ispaniyalik mutaxassis Xulen Lopetegi Qatar terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi.

Qatar futbol assosiasiyasi bilan shartnoma 2027 yil oxiriga qadar mo‘ljallangan.

58 yoshli Lopetegi faoliyati mobaynida Ispaniyaning turli terma jamoalari, "Rayo Valyekano", "Real", "Sevilya", "Vulverxempton", "Vest Xem" jamoalarida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot o‘rnida, sobiq murabbiy Luis Garsiya Qatarni 5 ta o‘yinda boshqardi. Xususan, jamoa uning qo‘l ostida 1 ta g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 2 marta durang o‘ynadi va 2 marta mag‘lub bo‘ldi.

Qatar terma jamoasi ayni paytda JCh 3-saralash bosqichi "A" guruhida 4-o‘rinni band etib turibdi.

Kiritildi: 22:09 01.05.2025. O'qildi: 587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!