AQSh prezidenti Donald Tramp amerikalik amaldorlarga maxfiy hukumat ma’lumotlarining tarqalishi bilan bog‘liq mojarolarga sabab bo‘lgan Signal messenjeridan foydalanishni to‘xtatishni taklif etdi.
"Signal’dan foydalanmaslik yaxshi bo‘larmidi?" - dedi Tramp The Atlantic jurnali bilan suhbatda, mojarolardan so‘ng ma’muriyat xodimlariga nima aytgani haqidagi savolga javob berar ekan.
Prezident AQSh mudofaa vaziri Pit Xegset bilan gaplashganini aytdi. "Menimcha, u o‘zini o‘nglab oladi, - dedi Tramp u haqda. - Men u bilan suhbatlashdim, ijobiy suhbat bo‘ldi".
Ilgari Associated Press agentligi Xegsetning Pentagondagi xonasi Mudofaa vazirligi o‘rnatgan xavfsizlik protokollarini chetlab o‘tuvchi, himoyalanmagan internet ulanish nuqtasi bilan jihozlangani haqida xabar bergan edi. Vazir Signal’dan foydalanish uchun himoyalanmagan kanal orqali internetga kirgan.