Bugun 27 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Mast rus sababli samolyot favqulodda qo‘ndi

Mast rus sababli samolyot favqulodda qo‘ndi

Dubaydan Moskvaga yo‘l olgan reys mast bezori tufayli Bokuga majburiy qo‘nish qildi, deb xabar bermoqda Rossiya ommaviy axborot vositalari.

Ma’lum qilinishicha, Aleksandr ismli erkak bortdagi hamrohlariga baqirib, ularni haqorat qila boshlagan, ularga tegajog‘lik qilgan va baland ovozda so‘kingan, shu bilan birga bortkuzatuvchilarning ogohlantiruvchi so‘zlariga e’tibor bermagan.

Yo‘lovchilar styuardessalar bilan hamkorlikda bezorini bosib, qo‘llarini bog‘lashgan. Ekipaj samolyotni zudlik bilan Bokuga qo‘ndirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan, u yerda bezori Ozarbayjon polisiyasiga topshirilgan.

Hodisadan so‘ng polisiya xodimlari ekipajni so‘roq qilishgan, yo‘lovchilarga esa Moskvaga parvoz 30-40 daqiqa ichida amalga oshirilishi va’da qilingan.

Kiritildi: 21:16 25.04.2025. O'qildi: 1008 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!