Bugun 27 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Andijonda ichkilik oqibatida jarimaga tortilgan haydovchining mashinasi xatlandi

Andijonda ichkilik oqibatida jarimaga tortilgan haydovchining mashinasi xatlandi

Andijon tumanida yashovchi huquqbuzar T.N. mast holda avtomashina boshqarib kelganligi aniqlanib, holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon tuman sudi tomonidan u ikki yil muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, 8 500 000 so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Biroq, mastlik oqibatida jarimaga tortilgan fuqaro jarima pullarini o‘z vaqtida to‘lashni istamadi. Shu sababdan, Majburiy ijro byurosi Andijon tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga tegishli “Damas” avtomashinasi xatlab qo‘yildi.

Mashinasi xatlanganidan so‘ng, qarzdor ma’muriy jarima pullarini to‘liq to‘ladi.

Kiritildi: 14:53 25.04.2025. O'qildi: 646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!