Bugun 27 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

G‘azoda isroillik askar halok bo‘ldi, ikki nafari yaralandi

G‘azoda isroillik askar halok bo‘ldi, ikki nafari yaralandi

G‘azo sektorida isroillik tank ekipaji snayper o‘qidan halok bo‘ldi. Bu payshanba kuni chop etilgan Isroil harbiylari bayonotida aytilgan.

"Maxas" zirhli brigadasining 79-batalyonida xizmat qilgan askar “G‘azo shimolidagi jangovar amaliyotlar chog‘ida” halok bo‘lgan”, — deyiladi bayonotda. Marhumning o‘limi haqida oila a’zolari xabardor qilingan. Halok bo‘lgan askarning ismi hozircha oshkor etilmagan.

Bayonotda, shuningdek, "Yaxalom" bo‘linmasidan bir ofiser va 79-batalyondan bir zahiradagi askar og‘ir yaralanib, kasalxonaga evakuasiya qilingani aytiladi.

Payshanba kuni ertalab Isroil mudofaa kuchlari bosh shtabi rahbari Eyal Zamir, agar Xamas garovga olingan qolganlarni tezda ozod qilmasa, Isroil G‘azodagi harbiy kampaniyasini kuchaytirishi haqida ogohlantirgan edi. “Agar yaqin kelajakda garovga olinganlarni qaytarish bo‘yicha taraqqiyotni ko‘rmasak, amaliyotlarimizni yanada qizg‘in va muhim bosqichga o‘tkazamiz”, dedi u G‘azoga safari chog‘ida quruqlikdagi kuchlar rasmiylari bilan uchrashib, qo‘mondonlar bilan vaziyatni baholadi.

Kiritildi: 10:54 25.04.2025. O'qildi: 873 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!