Anklavda garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarda muvaffaqiyatga erishilmasa, Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi operasiya ko‘lamini kengaytiradi.
Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari bosh shtabi boshlig‘i general-leytenant Eyal Zamir G‘azodagi tezkor yig‘ilish yakunida ma’lum qildi.
"Biz operativ bosimimizni davom ettiramiz va kerak bo‘lganda XAMASga qarshi nazoratni kuchaytiramiz, agar garovga olinganlarni qaytarishda oldinga siljish ko‘rmasak, hal qiluvchi natijaga erishgunimizcha, harakatlarimizni yanada qizg‘in va muhim operasiyaga oshiramiz”, — dedi harbiy qo‘mondon.
Eslatib o‘tamiz, 18 mart kuni Isroil armiyasi G‘azo sektorida harbiy amaliyotlarni qaytadan boshlab, unga qarshi ommaviy zarbalar berdi va shu tariqa joriy yilning yanvar oyida o‘rnatilgan sulhni to‘xtatdi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi buni Falastinning radikal harakati HAMASning vositachilar va AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoffning muzokaralar chog‘ida ilgari surilgan takliflarni rad etishi bilan izohlab, operasiyadan maqsad anklavdagi barcha garovga olinganlarni ozod qilish ekanini ta’kidladi. Radikallar jangovar harakatlar qayta boshlanganida Isroil va AQShni aybladi.
Isroil tomonining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Xamas G‘azoda 24 nafar garovda va 35 nafar halok bo‘lgan asirning jasadini ushlab turibdi.