Bugun 10 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

2027 yildan O‘zbekistonda plastik paketlar taqiqlanishi mumkin

2027 yildan O‘zbekistonda plastik paketlar taqiqlanishi mumkin

O‘zbekistonda 2025−2027 yillarga mo‘ljallangan plastik bilan ifloslanishni kamaytirish bo‘yicha milliy dastur loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Bu jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan joriy yilgi davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan.

Xususan, 2027 yildan boshlab plastik paketlarni ishlab chiqarish, olib kirish va ulardan foydalanishni taqiqlash hamda ekologik jihatdan zararsiz (bioparchalanuvchi) paketlardan foydalanishni rag‘batlantirish taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, plastik mahsulotlarining kimyoviy tarkibidagi zararli moddalardan foydalanishni cheklash va qadoqlarda qayta ishlangan plastikdan foydalanish koeffisentlarini belgilash nazarda rejalashtirilgan.

Kiritildi: Bugun 11:53. O'qildi: 401 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!