Ma’lum qilinishicha, yo‘l-transport hodisasi joriy yilning 8 yanvar kuni Namangan viloyati Chust tumanida sodir bo‘lgan. Bu haqda "Millar" dasturi xabar qildi.
Aniqlanishicha, Lacetti haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Natijada o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Labo va Damas avtomashinalari bilan to‘qnashgan.
Ushbu YTH oqibatida 3 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.