12 dekabr kuni Time jurnali "Yil odami" nomini ma’lum qiladi. Bugun nashr ushbu unvonga da’vogarlarning qisqa ro‘yxatini taqdim etdi. Ro‘yxat bilan to‘liq quyida tanishing:
- AQSh vise-prezidenti Kamala Harris;
- Uels shahzodasi Keyt Middlton;
- tadbirkor Ilon Mask;
- Aleksey Navalniyning rafiqasi Yuliya Navalnaya;
- Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu;
- AQSh Federal rezerv tizimi rahbari Jerom Pauell;
- podkastchi Jo Rogan;
- Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum;
- AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp;
- Meta kompaniyasi bosh direktori Mark Sukerberg.