Bugun 28 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Forbes jurnali O‘zbekistonni eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlari ro‘yxatiga kiritdi

A A A
Forbes jurnali O‘zbekistonni eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlari ro‘yxatiga kiritdi

Amerikaning Forbes jurnali 2024 yilda tashrif buyurish uchun dunyodagi eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlari haqida maqola chop etdi, deb xabar berdi O‘zA.

Nashr O‘zbekistonni 2024 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi yo‘nalishlar ro‘yxatiga kiritdi.

Forbes moliyaviy-iqtisodiy jurnali O‘zbekistonni 2024 yilda tashrif buyurish uchun eng yaxshi joylardan biri sifatida ko‘rsatib, o‘z o‘quvchilariga respublikaga sayohat qilishni tavsiya qiladi.

Maqolada dunyoning yetakchi sayyohlik nashri Lonely Planet vise-prezidenti Tom Xollning so‘zlaridan iqtibos keltiriladi: “O‘zbekistonda Ipak yo‘lining eng yaxshi saqlanib qolgan tarixiy obidalarini, shuningdek, go‘zal tog‘lar va istiqbolli poytaxt – Toshkentni ko‘rishingiz mumkin”. Shuningdek, maqolada O‘zbekiston hududlariga tashrif buyurish uchun qulay va arzon poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilgani haqida so‘z boradi.

“AQShdan O‘zbekistonga sayyohlar uchun Nyu-York shahridan haftasiga bir necha to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar ochildi. Shuningdek, Seul va Istanbul orqali o‘tish sayyohlar uchun qulaylik yaratadi”, - deb yozadi nashr.

Eslatib o‘tamiz, Forbes O‘zbekistonni 2022 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 50 ta joy ro‘yxatiga kiritgan.

Kiritildi: 17:21 03.01.2024. O'qildi: 5467 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!