Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston va Turkiya muftiylari memorandum imzoladilar

O‘zbekiston va Turkiya muftiylari memorandum imzoladilar

📝 Shu yil 25 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari bilan Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi raisi, doktor Ali Erbosh janoblari ikki o‘lka musulmonlari o‘rtasidagi mushtarak tarixiy, madaniy va diniy aloqalarga tayanib, diniy sohadagi mavjud hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida Anglashuv memorandumini imzoladilar.

🟢Marosimda muftiylar O‘zbekiston va Turkiya davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari, diniy-ma’rifiy sohaga qaratayotgan alohida e’tiborlari natijasida ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilayotgani, Turkiy xalqlar zaminidan yetishib chiqqan minglab olimlar, mutafakkirlar Islom dini rivojiga juda katta hissa qo‘shganlari, ikki davlat diniy idoralari o‘rtasida aloqalarni yanada mustahkamlash har tomonlama zarurligi, bunda ikki davlat diniy idoralari o‘rtasida imzolangan mazkur memorandum muhim asos bo‘lib xizmat qilishiga katta urg‘u qaratdilar.

Kiritildi: 22:46 25.11.2023. O'qildi: 1659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!