Bugun 5 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

"Navoiy" KMK oltin qazib olish bo‘yicha dunyo reytingida yetakchi o‘rin egalladi

A A A
"Navoiy" KMK oltin qazib olish bo‘yicha dunyo reytingida yetakchi o‘rin egalladi

Kanadaning Kitco xalqaro tahliliy markazi 2023 yilning birinchi yarim yilligida dunyodagi Top-10 ta eng yirik oltin ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ro‘yxatini e’lon qildi. Mazkur ro‘yxatga ko‘ra, Navoiy kon-metallurgiya kombinati 5-o‘rinni egallab, oltin ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchilardan biri bo‘ldi.

Xabarda keltirilishicha, joriy yilning 1-yarim yilligida kombinat tomonidan 1,425 mln unsiya oltin ishlab chiqarilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga oshgan. Shuningdek, dunyodagi eng yirik oltin konlaridan biri hisoblanadigan "Muruntov" koni NKMKga tegishli ekanligi qayd etildi.

1. Newmont — AQSH;

2. Barrick — Kanada;

3. Agnico Eagle — Kanada;

4. Polyus — Rossiya;

5. "Navoiy" KMK — O‘zbekiston;

6. AngloGold Ashanti — JAR;

7. Gold Fields — JAR;

8. Newcrest — Avstariliya;

9. Zijin Mining — Xitoy;

10. Kinross — AQSH.

Kiritildi: 11:42 12.09.2023. O'qildi: 3284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!