◼️ Bu holatga prezidentning yangi qaroridan javob topish mumkin.
Yangi qarorga ko‘ra, ta’lim tashkilotlari har 4 yilda davlat akkreditasiyasidan o‘tkaziladi. Akkreditasiyadan o‘tolmagan OTMlarning lisenziyasi bekor qilinadi.
Lisenziyasi bekor qilingan ta’lim tashkiloti yoki yopilgan ta’lim dasturida o‘qiyotgan talabalarga o‘qishini davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga ko‘chirish huquqi beriladi.
❗️Ya’ni agar talaba o‘qiyotgan xususiy OTM yopilib qolsa, talaba o‘qishini davlat yoki nodavlat OTMlarga ko‘chira oladi. Hozirgi tartib bo‘yicha, davlat OTMiga ko‘chirish uchun beglilangan tartibda – test sinovida o‘tish ballini to‘plash kerak.