Bugun 12 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Singapurda yangi prezident saylandi. Halima xonim ketdi

A A A
Singapurda yangi prezident saylandi. Halima xonim ketdi

Singapur bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Tarman Shanmugaratnam mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida 70,4 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi, deya xabar bermoqda Xinhua axborot agentligi.

Uning prezidentlikdagi raqiblari Ng Kok Song va Tan Kin Lian 15,72 foiz va 13,88 foiz ovoz to‘pladi. Saylovlarda jami 2,48 milliondan ortiq singapurlik ovoz berdi.

Eslatib o‘tamiz, may oyida Singapurning avvalgi prezidenti Halima Yakob Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan kelgan edi. Singapur rahbarining tashrifi natijasida bir qator hujjatlar imzolandi. Yaqinda mamlakatda Singapur Respublikasining milliy bayrami nishonlandi.

Kiritildi: 11:43 02.09.2023. O'qildi: 2787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!