Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Pensiya jamg‘armasi xalqaro tashkilotga a’zo bo‘ldi

A A A
Pensiya jamg‘armasi xalqaro tashkilotga a’zo bo‘ldi

Xalqaro ijtimoiy ta’minot assosiasiyasi Bosh Assambleyasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkilotga a’zo bo‘lish uchun bergan arizasini tasdiqladi.

Ma’lumot uchun: 1927 yil tashkil etilgan Xalqaro ijtimoiy ta’minot assosiasiyasi aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida yagona siyosatni amalga oshirish bo‘yicha yetakchi xalqaro tashkilotdir. O‘z doirasiga 160 mamlakatdan 320 ga yaqin milliy ijtimoiy ta’minot institutlarini birlashtiradi. Ijtimoiy sohada qator xalqaro tashkilotlar, birinchi navbatda, Xalqaro mehnat tashkiloti, BMT Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va sohaga oid boshqa muassasalar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

Kiritildi: 11:49 11.08.2023. O'qildi: 2295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!