Bugun 12 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Xavi Neymarning transferi haqida qanday fikr bildirdi?

A A A
Xavi Neymarning transferi haqida qanday fikr bildirdi?

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes "PSJ" hujumchisi Neymarning transferi haqida fikr bildirdi.

So‘nggi kunlarda tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, kataloniyalik gigant braziliyalik yulduzni sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olishi mumkin.

"Boshqa klublarda o‘ynayotgan futbolchilar haqida gap ketganda, aniq bir narsa deya olmayman. Keling, 31 avgust kuni transfer oynasi yopilguniga qadar nima qilishimiz mumkinligini ko‘rib chiqaylik, ammo hozircha men hech kim, jumladan Neymar haqida hech qanday fikr bildirmayapman", - deya ispaniyalik mutaxassis so‘zlarini keltiradi insayder Fabrisio Romano.

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Neymarning o‘zi yana "Barselona"da o‘ynashni xohlaydi.

Kiritildi: 09:33 09.08.2023. O'qildi: 1919 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!