Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Mol-mulkni baholash natijalarini soliq organlariga masofadan yuborish mumkin

A A A
Mol-mulkni baholash natijalarini soliq organlariga masofadan yuborish mumkin

💻Soliq to‘lovchilar egaligidagi ko‘chmas mulk obektlarining mustaqil baholash natijalarini my3.soliq.uz saytidagi “Mol-mulkni baholash natijalarini taqdim etish” interaktiv xizmati orqali soliq organlariga masofadan yuborish mumkin.

⚙️Soliq qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan ushbu xizmatdan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan maxsus qo‘llanma bilan 👉 bu yerda tanishing !

❗️Agar soliq to‘lovchilar egaligidagi ko‘chmas mulk obekti mustaqil baholanmagan bo‘lsa, ular mol-mulkning minimal qiymatini hisobga olgan holda ma’lumotnoma taqdim etadi.

Shuningdek, yuridik shaxslar obektini joriy yilda mustaqil baholagan bo‘lsa, mol-mulk solig‘i bazasi baholangan oydan boshlab baholash natijalari asosida hisob-kitob qilinadi.

Soliq to‘lovchilar egaligidagi obektning 1 kv.metri qiymati Soliq kodeksi bilan belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lsa, soliq to‘lovchi ko‘chmas mulk obektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirishga haqli.

Bunda mustaqil baholash natijalari, shu jumladan soliq to‘lovchi tomonidan o‘tgan 2 yilda o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida e’tirof etiladi.

Kiritildi: 15:54 07.08.2023. O'qildi: 2520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!