Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Eldor Shomurodovning yangi jamoasi nomi deyarli ma’lum

A A A
Eldor Shomurodovning yangi jamoasi nomi deyarli ma’lum

"Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov Italiya A seriyasining boshqa klubi — «Kalyari»ga o‘tishga yaqin turibdi.

Rimliklar 28 yoshli futbolchini yana ijaraga beradigan bo‘lishdi. «Kalyari» bir mavsum davomida o‘zbekistonlik forvardning xizmatidan foydalanadi. Agar hujumchi jamoada yaxshi taassurot qoldirsa, ular keyingi yilning yozida Eldorning transfer huquqini to‘liq sotib olishadi.

"Corriere dello Sport" xabar tarqatishicha, Shomurodov shaxsiy shartnoma borasida «Kalyari» bilan kelishuvga erishib bo‘lgan.

«Roma» va «Kalyari» o‘rtasida muzokara esa yakuniy pallaga kirdi. Shomurodovning transferi shu kunlarda e’lon qilinishi kutilmoqda.

Kiritildi: 21:21 21.07.2023. O'qildi: 6527 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!