Bugun 27 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tashkilotlar xodimlarida mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha 521 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlik mavjud

Tashkilotlar xodimlarida mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha 521 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlik mavjud

Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer solig‘i soliq davri uchun 15-aprel va 15-oktyabrga qadar teng ulushlarda to‘lanishi lozim.

Ammo, korxona va tashkilotlarda ishlovchi daromad manbaiga ega bo‘lgan ishchi - xodimlarning hammasi ham mol-mulk va yer soliqlari to‘lovini belgilangan muddatda amalga oshirmasdan kelmoqda.

Jumladan, 2023-yil 30-iyun holatiga 197,2 mingta tashkilotning 1 mln nafardan ziyod xodimida 1,2 mln ta soliq obekti bo‘yicha 521,7 mlrd so‘m (mol-mulk solig‘i bo‘yicha 197,3 mlrd so‘m va yer solig‘i bo‘yicha 324,4 mlrd so‘m) to‘lanmagan soliq qarzdorligi mavjud.

Shundan:

▫️130,2 mlrd so‘m - budjet tashkilotlari xodimlari;

▫️25,8 mlrd so‘m - nodavlat-notijorat tashkilotlari xodimlari;

▫️365,7 mlrd so‘m - tijorat tashkilotlari xodimlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Tijorat tashkilotlarining sohalar kesimida mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha qarzdorligi:

- sanoat sohasidagi 24,1 mingta tashkilotda ishlovchi 197,7 ming nafar xodimning soliq qarzi 92,8 mlrd so‘m;

- qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasidagi 59,4 mingta tashkilotda ishlovchi 125 ming nafar xodimning soliq qarzi - 86,7 mlrd so‘m;

- savdo sohasidagi 46,7 mingta tashkilotda ishlovchi 85,7 ming nafar xodimning soliq qarzi - 56,7 mlrd so‘m;

- qurilish sohasidagi 11,5 ta tashkilotda ishlovchi 72 ming nafar xodimning soliq qarzi - 44,1 mlrd so‘m;

- tashish va saqlash sohasidagi 6,1 mingta tashkilotda ishlovchi 47,1 ming nafar xodimning soliq qarzi - 21,5 mlrd so‘m;

- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasidagi 10,1 mingta tashkilotda ishlovchi 19,9 ming nafar xodimning soliq qarzi - 13 mlrd so‘m;

- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi 4,5 mingta tashkilotda ishlovchi 13 ming nafar xodimning soliq qarzi - 6,5 mlrd so‘m;

- axborot va aloqa sohasidagi 2,1 mingta tashkilotda ishlovchi 11,6 ming nafar xodimning soliq qarzi - 4,5 mlrd so‘m;

- boshqa faoliyat turlari sohasidagi 17,8 mingta tashkilotda ishlovchi 78,5 ming nafar xodimning soliq qarzi - 39,9 mlrd so‘m.

Xodimlarida soliq qarzi ko‘p bo‘lgan tashkilotlar – TOP-3:

🔻“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ;

🔻 “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ;

🔻"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ.

Kiritildi: 16:18 20.07.2023. O'qildi: 1894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!