2023 yil yakunida yiliga 5,8 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushiriladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov ma’lum qildi:
Joriy yilda mavjud korxonalar tomonidan jami 17,0 mln tonna sement ishlab chiqarish rejalashtirilgan. O‘tgan olti oyda birja savdolarida sotilgan 1 mln 176 ming tonna sement iste’molchilarga yetkazib berilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda jami 700 dan ortiq temir-beton mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud bo‘lib, ularning yillik quvvati 6,5 mln kub metrni tashkil etadi. Ushbu yo‘nalishdagi eng yiriklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida joylashgan.
Mahalliy korxonalar tomonidan asosan 400 va 500 markali sement ishlab chiqarilgan. Joriy yilning ushbu davrida birja savdolarida bir tonna sementning o‘rtacha 649,0 ming so‘mdan sotilgan.