Sharq gavhari deya atalmish go‘zal Samarqand shahri bir hafta o‘tib, yana bir yirik anjumanga mezbonlik qilmoqda. 3-4 iyun kunlari ushbu qadimiy kentda O‘zbekiston — Rossiya xalqaro sog‘liqni saqlash forumi bo‘lib o‘tadi. Bugun soat 09:30 da “Silk Road Samarkand” majmuasi “Minyoun” mehmonxonasida mazkur nufuzli tadbirning rasmiy ochilishi boshlanadi.
Anjumanda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov, Rossiya Federasiyasi Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko, shuningdek diplomatik korpus vakillari, har ikki tomonning yetakchi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari rektor va professorlari, nufuzli tibbiyot klinikalari, ilmiy tadqiqot institutlari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, yirik farmasevtika va tibbiyot kompaniyalari rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.