Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Xorazmda shifokorlar aybi bilan homilador ayol va chaqaloq vafot etgan

Xorazmda shifokorlar aybi bilan homilador ayol va chaqaloq vafot etgan

Xorazm viloyati Gurlan tuman tibbiyot birlashmasiga 2017 yil 26 noyabrda  homilador ayolga noto‘g‘ri tibbiy muolajalar qilinganligi va o‘z vaqtida to‘g‘ri tibbiy yordam ko‘rsatilmaganligi oqibatida 2017 yil 6 dekabr kuni vafot etganligi bo‘yicha tibbiy muassasa xodimlari G.Karimova, A.Xayitbayev va N.Qo‘chqarovaga nisbatan  JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Gurlan tuman sudi tomonidan G.Karimova JKning tegishli moddalari bilan aybli deb topilib, unga 3 yil muayyan huquqdan mahrum qilish, 4 yil-u 6 oy ozodlikni cheklash va eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdorida jarima, N.Qo‘chqarovaga esa 1 yil muayyan huquqdan mahrum qilish, 2 yil-u 1 oy ozodlikni cheklash jazolari qo‘llanilgan bo‘lsa, A.Xayitbayevga 2 yil muayyan huquqdan mahrum qilish, 3 yil-u 6 oy ozodlikni cheklash jazolari tayinlandi.

Shuningdek, Gurlan tumani, Vazir qishlog‘i, Dehqonobod mahallasida yashagan A.Masharipovaning chaqalog‘i tug‘ruqdan keyingi asoratlar bilan vafot etganligi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘z­g‘atilib, muassasa shifokori M.Bobojanova JKning 116-moddasi 4-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, viloyat patologoanatomik ekspertiza byurosi tomonidan murdalarni yormasdan turib, o‘lim sabablari haqida xulosalar berib kelinganligi yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan byuro mansabdor shaxslariga nisbatan JK 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qonuniy qaror qabul qilingan va ushbu noto‘g‘ri amaliyotga chek qo‘yilgan.

Darhaqiqat,  birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish orqaligina onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalar o‘limi ko‘r­satkichlarini kamaytirish mumkin.

Xorazm viloyati prokurorining katta yordamchisi Gulshanoy O‘razbayevaning ma’lum qilishicha, bu jarayon prokuratura organlarining doimiy nazoratida bo‘ladi.

Eslatma: Ma’lumotlar «Huquq» nashridan olindi.

Kiritildi: 18:17 22.11.2018. O'qildi: 2477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!