Bugun 23 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentda yong‘in sabab bir kishi vafot etdi

Toshkentda yong‘in sabab bir kishi vafot etdi

2019 yil 14 yanvar kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashagan Ye.P. (ismli ayol)ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, oqibatda uyning 4 kv.m maydonida divani yonib, zarar ko‘rgan. Shu bilan birga, Ye.P.ning kuygan holdagi jasadi topilgan va uning uyida mehmonda bo‘lgan qo‘shnisi N.R. (ismli ayol) tutundan zaharlanib, kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Aniqlanishicha yong‘in Ye.P. mast holda sigareta chekib, uxlab qolishi oqibatida kelib chiqqan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:33 14.01.2019. O'qildi: 1303 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!