Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Samarqandlik ayol Toshkentda noodatiy firibgarlikni amalga oshirdi

Samarqandlik ayol Toshkentda noodatiy firibgarlikni amalga oshirdi

2019 yil 4 yanvar kuni Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Buxoro ko‘chasida yashovchi I.A. (ismli ayol) Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan Oloy bozori hududida fuqaro M.N. (ismli ayol)ga zargarlik buyumlarini sotib olishini aytib, aldov yo‘li bilan undan umumiy qiymati 13500 AQSh dollari bo‘lgan zargarlik buyumlarini olgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, buning evaziga ichida 30000 AQSh dollari bor deb, ro‘znoma bo‘laklari qirqib solingan konvertni berib, zargarlik do‘koniga kirib, boshqa eshikdan chiqib voqea joyidan yashiringan. Ko‘rilgan choralar natijasida I.A. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:04 16.01.2019. O'qildi: 2211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!