Toshkent shahar Sergeli tumani Qo‘yliq 6-massivda yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan Mannapova Diana Andreevna qidirilmoqda.
Toshkent xalqaro aeroportida 23 yanvar kuni Londondan uchib kelgan asli o‘zbekistonlik top-model Nadya Nepomnyashaya qo‘lga olindi.
Yunusobod tumanidagi shahar 1-sonli klinik bolalar shifoxonasining yetakchi jarrohi Akromov Farhod Ortiqboyevich ish joyida vafot etdi.
Joriy yilning 16 yanvaridan 17 yanvariga o‘tar kechasi soat 2:30 da 6 nafar shaxslardan iborat jinoiy guruh yuzlariga niqob, qo‘llariga qo‘lqop va temir bo‘lagi hamda yog‘ochdan yasalgan tayoq bilan qurollanib, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlardan biriga bostirib kiradi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabari asosida O‘zbekiston24 telekanalida ko‘rsatuv namoyish etildi.
Internet tarmog‘ida, xususan “Uzxalqharakati.com” saytida Shaxnoza Boyqunusova nomidan murojaat tarqatilgan bo‘lib, unda SH.Boyqunusovaga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi yuzasidan tergov noxolis olib borilgani, guyoki prosessual hujjatlar soxtalashtirilgani ta’kidlangan, deb yozmoqda IIBB matbuot xizmati.
Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati Ohangaron shahar bo‘limi va Ohangaron shahar ETK xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlari davomida noqonuniy ravishda elektr energiyasiga ulangan tadbirkorlarning qilmishlari fosh etildi.
2018 yil 19 noyabr kuni Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumani Surum mahallasida yashovchi F.H. IIBga murojaat qilib, unda 2018 yil 16 noyabr kuni soat 13:30 dan 17:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uning uyiga ochiq qolgan eshik orqali kirib, xonasidan 1 500 AQSh dollari va zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.
1954 yilda tug‘ilgan erkakning jasadini uning o‘g‘li topib olgan.
Shu yil 19 yanvar kuni noma’lum shaxs Toshkent shahar Chilonzor tumanida shu tumanda yashovchi R.H.ni boshiga urib, qo‘lidagi ichida pullari, “iPad” mobil telefoni, plastik kartochkalari va fuqarolik pasporti bo‘lgan sumkasini tortib olib, voqea joyidan yashiringan.
21 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida sudlanuvchilar Shodali Qilichov, Saidazim Kamoldinov, Alijon Hamrayev va Jahongir Yorqulovlarga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud majlisi boshlandi.
Yaqinda o‘qib qolgandim Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) “Kim odamlarga shukr qilmasa Allohga ham shukr qilmaydi”, degan ekanlar. Bu so‘zlar zamirida chuqur ma’no, kerak bo‘lsa, insoniyatning asrlar davomida nafs va uning jilovi o‘rtasidagi kurashi mujassam.
Bugun, 21 yanvar kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudida Xabar.uz maxsus muxbiri Tursunali Akbarovning "Rost bo‘lamiz, qozijon! Do‘st bo‘lamiz, qozijon!.." nomli felyetoniga nisbatan ochilgan fuqarolik ishi bo‘yicha sud majlisi bo‘lib o‘tishi kerak edi.