13 fevral kuni taxminan soat 13:00 larda Mirobod tumani Sarakul ko‘chasi 1-uyda joylashgan Mirobod kasb-hunar kolleji o‘quvchilari kollej hududiga “Kaptiva” rusumli avtomashinani hech qanday hujjatlarsiz boshqarib kirgan.
Bugun, 19-fevral kuni soat 14.34 da 101 raqamiga Uchtepa tumani, Nashriyot ko‘chasidagi turar-joyda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi. Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in bartaraf etildi.
Respublikamizda inson manfaati, qadr-qimmati hamma narsadan ustun. Shu bois hatto mavjud qonunlarga bo‘ysunmay jazoga mahkum etilganlarni ijtimoiy muhofaza qilishga ham alohida e’tibor qaratiladi.
Mirzo Ulugbek Business City quriladigan hududda istiqomat qiluvchi aholining uylari ularning roziligisiz buzilmaydi. Bu haqda Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 18 fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tumani hokimiyatida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Taniqli aktyor Muhammadiso Abdulhayirov Toshkentdagi fast-fudlarning birida to‘polon ko‘targan.
O‘zbek shou-biznesidagi yulduzli juftliklardan biri Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa’dullayeva to‘y liboslari saloni reklamasida suratga tushdi. Mashhurlarning kelin-kuyov obrazidagi fotolari muxlislar tomonidan iliq kutib olindi.
Toshkent shahar hokimligida o‘tkazilgan press-anjumanda 2019 yilda Yunusobod tumanida qurilayotgan yerosti metrosining ikkita bekati, Yashnobod yerusti metro yo‘nalishida 12 ta bekat ishga tushishini ma’lum qilindi.
Toshkent viloyatida erkak 1500 AQSh dollari evaziga o‘z ayolining o‘limini tashkillashtirmoqchi bo‘ldi.
O‘zbekiston hukumati “Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishini qurish” loyihasining texnik-iqtisodiy hisobini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi, deb xabar qildi LexUZ.
Toshkent tashqi ko‘rinishini tartibga solish vaqti keldi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Parkentning So‘qoq qishlog‘ida yashovchi Dilshod N. o‘zi ko‘ngil qo‘ygani Dilsora R.ning boshqa yigitga unashtirilishi ortidan qizni va uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘ini pichoqladi. Qiz vafot etgan.
Toshkentdagi “Azia.uz” supermarketi mutasaddilarining shikoyati yuzasidan taniqli islomshunos Mubashshir Ahmadga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish qo‘zg‘atilgani, “ish” sudda ko‘rilish arafasida ekani haqida xabar bergan edik. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 40-moddasi (“tuhmat”) bilan ayblanib, sudga oshirilgan ma’muriy ish bugun nihoyasiga yetdi.