Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkentda kollej o‘quvchisi hech qanday hujjatlarsiz boshqarib yurgan "Kaptiva"dan yig‘ma pichoq topildi (video)

Toshkentda kollej o‘quvchisi hech qanday hujjatlarsiz boshqarib yurgan "Kaptiva"dan yig‘ma pichoq topildi (video)

13 fevral kuni taxminan soat 13:00 larda Mirobod tumani Sarakul ko‘chasi 1-uyda joylashgan Mirobod kasb-hunar kolleji o‘quvchilari kollej hududiga Kaptiva rusumli avtomashinani hech qanday hujjatlarsiz boshqarib kirgan.

Ular kollej hududidan qaytib chiqib ketishayotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan avtomashina to‘xtatilib tekshirilganida mashina salonidan yig‘ma pichoq topilgan. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Amakisining avtomashinasini hech qanday hujjatlarsiz boshqarib kelgan o‘quvchi IIB xodimlariga qo‘pol so‘zlarni ishlatib, qarshilik ko‘rsatishga uringan.

Tegishli hujjatlarsiz boshqarilgan avtomobil YPX xodimlari tomonidan jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Holat yuzasidan kollejning 2 nafar o‘quvchisi, Karimov Elmurod va Bakons Miran Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194, 195-moddalariga asosan javobgarlikka tortildi.

Kiritildi: 11:38 20.02.2019. O'qildi: 2007 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!