Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Sergeli metrocini qurish O‘zbekistonga qanchaga tushadi?

Sergeli metrocini qurish O‘zbekistonga qanchaga tushadi?

O‘zbekiston hukumati Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishini qurish loyihasining texnik-iqtisodiy hisobini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi, deb xabar qildi LexUZ.

Hujjatda keltirilishicha, loyihaning umumiy qiymati 82,6 million dollarni tashkil etadi va uni amalga oshirish uchun davlat byudjetidan 47,5 million dollar, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 35,1 million dollar ajratiladi.

Xususan, 27,9 million dollar mashina va uskunalarga, 48,2 million dollar qurilish-montaj ishlariga sarflanadi. Moliyaviy harajatlar uchun 2,1 million dollar va qolgan harajatlar 4,3 million dollarga baholangan.

2017 yilda Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishi qurilishlari boshlangan, umumiy uzunligi 7,1 kmni tashkil etadi.

Avvalroq O‘zbekiston temir yo‘llari AJ tomonidan Metrovagonmash AJ (Rossiya) qiymati 27,7 million yevro bo‘lgan 5 ta sostav vagonlarini xarid qilishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.

Kiritildi: 10:36 16.02.2019. O'qildi: 1713 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!