Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Fojia! Parkentlik yigit sevgan qizini 22 marta pichoqladi (video)

Fojia! Parkentlik yigit sevgan qizini 22 marta pichoqladi (video)

Parkentning So‘qoq qishlog‘ida yashovchi Dilshod N. o‘zi ko‘ngil qo‘ygani Dilsora R.ning boshqa yigitga unashtirilishi ortidan qizni va uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘ini pichoqladi. Qiz vafot etgan. Dilshod N.ga nisbatan esa O‘zbekiston jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi ochilgan. Bu haqda xabar.uz yozmoqda.

Sevimli kanalining Zamon ko‘rsatuvida aytilishicha, yigit qizga oshxona pichog‘i bilan 22 marta zarba bergan. Qizning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i ham jiddiy jarohat olgan.

Sudlanuvchining otasi Ziyodullo Ulug‘boyevning aytishicha, uning o‘g‘li qiz bilan 6-7 yildan beri yaqin aloqada bo‘lib, gaplashib yurgan, lekin 5-6 marta marhumaning uyiga sovchilikka borib rad javobini olishgan. Marhumaning opasi Nilufar Hasanboyevaning ta’kidlashicha yigitning axloqsizligi uchun unga rad javobi berilgan.

Sud hukmi bilan ayblanuvchi 21 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Jazo umumiy tartibdagi koloniyada o‘talishi belgilandi.

Kiritildi: 13:15 15.02.2019. O'qildi: 5364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!