Mazkur holat yuzasidan Angor tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi viloyatda aniqlangan 23 nafar koronavirus infeksiyasi yuqtirgan bemorlar haqida qo‘yidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etdi:
Surxondaryo. 2020 yilning 10 aprel kuni soat taxminan 17:30 larda viloyat IIB xodimlari tomonidan Termiz shahri “Shifokor” mahallasida o‘tkazilgan maxsus tadbir davomida 50 yoshli U.E., vazni 0,33 grammga teng bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasini 150.000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan va undan giyohvand vositasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Joriy yilning 3 aprel kuni soat taxminan 11-30 lar chamasida Surxondaryo viloyati IIB patrul-post va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati xodimi Termiz shahrida yuk avtomobilida o‘z manziliga yetib olmoqchi bo‘lgan 8 nafar surxondaryolik yo‘lovchining karantin qoidasini buzganini aniqladi.
Qumqo‘rg‘on tumanidagi 27-maktabda bolalarni yig‘ib, qo‘shimcha dars o‘tilayotgani aytilyapti. Men birgina savolni o‘rtaga tashlamoqchiman: bu insonlarda O‘zbekistonda maktablar nima maqsadda yopilgani haqida tasavvur bormi?
Shuningdek, “Matiz” rusumli transport vositasi yo‘lovchisi 1973 y.t. F.A. tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.
Koronavirus epidemiyasi tufayli Surxondaryo viloyatiga ham boshqa hududlardan yengil avtomashinalar va yo‘lovchi tashuvchi transportlarning kirishi noma’lum muddatga cheklandi. Bu haqda Surxondaryo viloyat IIB YHXB matbuot guruhi katta inspektori Abror Choriyev ma’lum qildi.
Joriy yilning 20 mart kuni Surxondaryo viloyati IIB Tezkor qidiruv hamkorlik boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-texnik tadbirlar davomida “Telegram” messenjeridagi "GroupSurxondaryo" kanalining foydalanuvchisi “A N Z O R” deb nomlangan profil egasi 20 mart kuni soat 12:38 da "GroupSurxondaryo" guruhiga koronavirus haqida, ya’ni, “Jo`rabayevada Bor ekan 2 kishi aniqlandi 30 daqiqa oldin” degan mazmundagi odamlarni chalg‘ituvchi, jamiyatda vahima uyg‘otuvchi yolg‘on ma’lumot tarqatganligi ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan Termiz shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Tekshiruv jarayonida, N.A., ushbu giyohvandlik vositasini belgilangan bojxona nazoratidan yashirin ravishda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirganligi aniqlangan.
Haydovchi avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarini taqdim qilmasdan inspektorlarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan.
Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.