Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Surxondaryoda erkak o‘zi qurol yasab, sotmoqchi bo‘ldi

Surxondaryoda erkak o‘zi qurol yasab, sotmoqchi bo‘ldi

31 yanvar kuni Termiz shahri bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus tadbir jarayonida, Termiz tumanida yashovchi 39 yoshli R.S. qo‘lbola usulda o‘zi yasagan o‘qotar qurol va 12 dona patronlarni jami 1.750.000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan va undan qurol va patronlar ashyoviy dalil tarqasida rasmiylashtirib olingan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, olib qo‘yilgan qo‘lbola qurol va patronlar jangovor holatda otish uchun yaroqli ekanligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahri bo‘yicha IIO FMB 2-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.S.,ga nisbatan ayblov e’lon qilingan va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:16 18.02.2020. O'qildi: 1635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!