Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Surxondaryoda yana bir og‘ufurush jinoyat ustida ushlandi

Surxondaryoda yana bir og‘ufurush jinoyat ustida ushlandi

Surxondaryo viloyati. 2020 yilning 26 fevral kuni taxminan soat 11:30larda IIB xodimlari tomonidan Termiz shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, Afg‘oniston Respublikasi fuqaro 52 yoshli N.A., 98,50 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini 14.000.000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Tekshiruv jarayonida, N.A., ushbu giyohvandlik vositasini belgilangan bojxona nazoratidan yashirin ravishda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi (kontrabanda yo‘li bilan katta miqdordagi giyohvandlik vositasini o‘tkazish) va JKning 25, 273-moddasi 5-qismi (katta miqdordagi giyohvandlik vositasini o‘tkazishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov jarayonida N.A.,ga nisbatan ayblov e’lon qilingan va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 19:30 28.02.2020. O'qildi: 2200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!