Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Afsus! Termizda ikki erkak vafot etdi

A A A
Afsus! Termizda ikki erkak vafot etdi

Joriy yilning 26 mart kuni soat 14:00 larda, Surxondaryo viloyati, Termiz tumanining “Ayritom” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-99 “Manguzar-Xonrabod-Shartuz” avtomobil yo‘lining 14-15 km oralig‘ida 1970 y.t. haydovchi X.B. “Lasetti” rusumli transport vositasini boshqarayotib, yo‘lning qarama-qarshi harakat yo‘nalishiga chiqib ketib, 1996 y.t. haydovchi M.B. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan.
Natijada, “Lasetti” rusumli transport vositasi haydovchisi X.B. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. “Matiz” rusumli transport vositasi yo‘lovchisi - 1975 y.t. O‘.A. og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yetmasdan vafot etgan.
Shuningdek, “Matiz” rusumli transport vositasi yo‘lovchisi 1973 y.t. F.A. tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.

Kiritildi: 21:29 26.03.2020. O'qildi: 9562 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!