Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Vahimali xabar tarqatgan surxondaryolik fuqaro jazolandi (FOTO)

Vahimali xabar tarqatgan surxondaryolik fuqaro jazolandi (FOTO)

Joriy yilning 20 mart kuni Surxondaryo viloyati IIB Tezkor qidiruv hamkorlik boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-texnik tadbirlar davomida “Telegram” messenjeridagi "GroupSurxondaryo" kanalining foydalanuvchisi “A N Z O R” deb nomlangan profil egasi 20 mart kuni soat 12:38 da "GroupSurxondaryo" guruhiga koronavirus haqida, ya’ni, “Jo`rabayevada Bor ekan 2 kishi aniqlandi 30 daqiqa oldin” degan mazmundagi odamlarni chalg‘ituvchi, jamiyatda vahima uyg‘otuvchi yolg‘on ma’lumot tarqatganligi ma’lum bo‘ldi.

Tezkor qidiruv hamkorlik boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan qo‘shimcha olib borilgan tezkor surishtiruv ishlar natijasida “Telegram” messenjerida “GroupSurxondaryo” deb nomlangan guruhga yolg‘on ma’lumot tarqatgan “A N Z O R” nomli profil egasi va foydalanuvchisi Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanida istiqomat qilib, Termiz shahrida savdo shaxobchalarining birida sotuvchi bo‘lib ishlab kelayotgan fuqaro A.B. ekanligi aniqlandi.

23 mart kuni Ma’muriy ishlar bo‘yicha Termiz shahar sudining qaroriga ko‘ra, ushbu fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 205-moddasida ko‘rsatilgan (Favqulodda holat tartibi sharoitida jamoat tartibiga tajovuz qilish) huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) baravari, ya’ni 1.115.000 (bir million bir yuz o‘n besh ming) so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Kiritildi: 19:32 23.03.2020. O'qildi: 6497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!