Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Surxondaryoda haydovchi Transport boshqarmasi inspektorining yuziga musht tushirdi

Surxondaryoda haydovchi Transport boshqarmasi inspektorining yuziga musht tushirdi

Joriy yilning 19 fevral kuni Surxondaryo viloyati Transport boshqarmasi hamda viloyat IIB YHXBning rejasiga asosan 3 nafar YPX inspektorlari va 1 nafar Transport boshqarmasi inspektori birgalikda Termiz shaxri Ibn Sino ko‘chasida noqonuniy yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar faoliyati yuzasidan reyd tadbiri o‘tkazishgan.

Tadbir davomida “Spark” rusumli avtomashina “3.27” yo‘l belgisiga amal qilmay to‘xtab, yo‘lovchi olganligi sababli o‘rnatilgan tartibda to‘xtatilgan. Haydovchi avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarini taqdim qilmasdan inspektorlarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan. Shuningdek, viloyat Transport boshqarmasi bosh inspektori B.Abdumajidovning yuziga musht tushirgan.

Ushbu holat yuzasidan haydovchi Termiz shaxar IIO FMB 2-sonli bo‘limiga olib borilib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK ning 135-moddasiga ko‘ra bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtincha jarima maydonchasiga qo‘yilgan. Holat yuzasidan Termiz shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati

Kiritildi: 14:02 22.02.2020. O'qildi: 2738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!