Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

"O‘zbekneftgaz" ishchilarning maoshi yuzasidan "ANIQ.UZ"ga javob qaytardi

"O‘zbekneftgaz" ishchilarning maoshi yuzasidan "ANIQ.UZ"ga javob qaytardi

Avvalroq "ANIQ.UZ" saytida "Muborak" gazni qayta ishlash zavodi ishchilarining oyliklari qayerda?" nomli maqola chop etilgandi. "O‘zbekneftgaz" AJ ushbu maqola yuzasidan javob saytimizga javob qaytardi.

"2019 yil 22 may kunidagi “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi va O‘zbekiston neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Rayosatining “O‘zbekneftgaz” AJ va tarkibidagi tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangilangan Yagona tarif setkasini tasdiqlash to‘g‘risidagi Qo‘shma qarori bilan 1 iyundan 1 - razryad 35 foizga, 2 - razryad 25 foizga, 3 - razryad 16 foizga, 4 - razryad 8 foizga oshirildi hamda hozirgi kunda yangi tarif bilan to‘lab kelinmoqda.
Ishchi-xodimlarga “Yillik ish yakunlari bo‘yicha mukofot”, “Material-texnika va yoqilg‘i energetika resurslari tejamkorligi va resurslardan oqilona foydalanganliklari uchun mukofot” pullari iyul oylik ish haqlariga qo‘shib hisoblanib, to‘lab berish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda.
2017 yil 29 dekabrdagi 465-sonli buyruqqa asosan 20-sexning qurilmalari qurilishida faol ishtirok etgan ishchi-xodimlar mansab maoshining bir barobari miqdorida rag‘batlantirilgan.
O‘tgan yillar davomida zavodda yozning jazirama issiq kunlarida har bir ishchi-xodim qadoqlangan “Shaffof” suvlari bilan ta’minlangan. 2019 yildan boshlab ishchi-xodimlarga yanada qo‘laylik yaratish maqsadida filtrlangan, ekologik toza ichimlik suvi saqlashga mo‘ljallangan 5,5 tonnalik 6 dona maxsus “Salomatlik kaliti” shahobchalari o‘rnatilgan. Ishchi-xodimlar bepul tashkil qilingan toza ichimlik suvidan kechayu-kunduz foydalanishlari to‘liq ta’minlangan. Korxona rahbarining topshirig‘iga asosan, mehnat muxofazasi xodimlari va joylardagi soha rahbarlari tomonidan ishchi-xodimlarga texnik suvdan iste’mol qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, har bir ishchi-xodim alohida ogohlantirilgan. O‘tgan davr va hozirgi kunga qadar ishchi-xodimlarning iste’molga yaroqsiz texnik suvdan iste’mol qilishlariga umuman ehtiyoj yo‘q. 
“O‘zbekneftgaz” AJ va “O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi markaziy kengashi”ning 2007 yil 3 maydagi 52/11-20IJ buyruq-qaroriga asosan yuqori malakali mutaxassislar qo‘nimliligini saqlab qolish maqsadida bo‘lim, xizmat, sex rahbarlari va muhandis-texnik xodimlar oylik ish haqiga qo‘shimchalar amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda to‘lab boriladi.
Barcha ishchi-xodimlarimiz manfaatlarini himoya qilish uchun har bir sexda jamoatchilik vakillari mavjud bo‘lib, yuqorida qayd etilgan masalalar bo‘yicha biror marotaba e’tiroz bildirilmagan. Zavod rahbariyati va kasaba uyushma qo‘mitasi vakillari zavod ishchi-xodimlari murojaatini o‘z vaqtida, belgilangan tartibda ko‘rib chiqib, jamoa shartnomasiga asosan hal qilishni kafolatlaydi", deyiladi ma’lumotda.

Kiritildi: 16:24 08.08.2019. O'qildi: 5367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!