Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Qashqadaryoda 350 nafar pedagog ishga joylashdi

Qashqadaryoda 350 nafar pedagog ishga joylashdi

Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan 2019/2020-o‘quv yili uchun pedagogik kadrlarni umumiy o‘rta ta’lim maktablariga ishga joylashtirish maqsadida mehnat yarmarkalari tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Eng avval, shu yil oliy o‘quv yurtlarini tamomlagan yosh kadrlar mutaxassisga ehtiyoji bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablariga ishga joylashtirildi. Shuningdek, ko‘p yillik pedagogik staj, ilg‘or tajribaga ega o‘qituvchilar ustoz va murabbiy etib tayinlandi. Kasb-hunar kollejlarida ishlagan, ayni paytda esa ishsiz o‘qituvchilarni mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan ta’minlandi.

Viloyatning chekka va tog‘li hududlariga ishga borgan o‘qituvchilarga ishlashi hamda yashashi uchun shart-sharoit yaratish mahalla fuqarolar yig‘inlari zimmasiga yuklatildi.

Mehnat yarmarkasi jarayonida ishga qabul qilingan 350 nafar pedagogning 236 nafarini ayol o‘qituvchilar tashkil qilsa, 114 nafari esa erkak o‘qituvchilardir. Ishga joylashganlar orasida 179 nafar yosh bitiruvchi va 171 nafar kasb-hunar kollejlarining o‘qituvchisi umumiy o‘rta ta’lim maktablariga o‘ziga mos ish o‘rnini topishga muvaffaq bo‘lgan.

 

Kiritildi: 11:10 10.08.2019. O'qildi: 1646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!