Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

"Muborak" gazni qayta ishlash zavodi ishchilarining oyliklari qayerda?

"Muborak" gazni qayta ishlash zavodi ishchilarining oyliklari qayerda?

"Zed News" kanaliga kelib tushgan murojaatda "Muborak" gazni qayta ishlash zavodi ishchilari bir necha oydan beri mukofot pullari va kompensasiya ololmayotgani haqida yozilgan. Quyida uni to‘lig‘icha keltiramiz.

"O‘zbekneftgaz"ga qarashli ayrim zavodlarga issiqlik iqlimi uchun konpensasiya va qo‘shimcha to‘rt oklad iyun oyiga  pul qo‘shilyapti. Lekin "Muborak" gazni qayta ishlash zavodi iyun oyiga hech narsa qo‘shmadi?

Prezident karori bilan ish haqi ko‘tariladi va qo‘shimcha to‘lovlar cheklovlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Ammo asosiy sexlar ishni qilib ish haqi oshirilmasa? Oylik o‘z vaqtida berilmasa? Tumanning koeffisiyent pulidan olti oyligi to‘lanmasa? Qo‘shimcha zarariga to‘lab kelingan? Ammo mas’uliyatsizlik bilan hozirda qo‘shimcha kompensasiya zarariga to‘lanyapti? Bu pensiyaga ta’sir qiladi?

Nega zaharli joylarga to‘lanishi mumkin bo‘lgan pullar to‘lanmayapti? Prezidentimiz 5 tashabbusi bilan qancha savobli ishlar amalga oshirilyapti, zavod bo‘lim boshliqlarini, buxgalteriyani, mehnatga haq to‘lash bo‘limini to‘liq almashtirish lozim. Prezidentimiz xalqimiz dardida jon kuydiryapti? Har bir ishchi oylik olgan kuni farzandi kelajagi uchun intiladi, madaniy hordiq olishi, farzandlarini o‘qitishi, mehmon kutishi, sayohatga chiqishi kerak va bunga haqli deb o‘ylayman.

Agar sog‘ligi bo‘lmasa bu pullar ikki kunga yetmaydi. Agar zavod bo‘lim boshliqlarini yillik daromadlari tekshirilsagina, qancha mukofot olganlari ma’lum bo‘ladi. 2017 yil zavodning uchta bloki ishga tushurildi. Ammo har bir blok uchun ishchi kuchi uchun qancha mablag‘ ajratiladi? Lekin uch blok uchun bir oklad pul qo‘shildi xolos, ammo ishchilar rag‘batlantirilmadi?

Ayrim sexlarda ichimlik suvi muammo bo‘lmoqda? Zavodga texnik suvdan ichyapmiz, bu bilan hech kim qiziqmaydi. Biz Prezidentimizning aralashuvi bilan ushbu zavod ishchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ishchilarga to‘lanayotgan ish haqlariga e’tibor qaratish taklifi bilan chiqmoqdaman. Zavod bo‘lim boshliqlarining oylik ish haqi davlat tomonidan nazoratga olinishini so‘rayman".

Murojaat tugadi. Umid qilamizki, mutasaddilar bu murojaatni bee’tibor qoldirmaydi.

Kiritildi: 16:21 07.08.2019. O'qildi: 7491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!