Bugun, 6 yanvar kuni Qashqadaryo viloyat hokimligi majlislar zalida jurnalist va blogerlar ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Dunyoga mashhur Fox News telekanaliga ko‘ra, Orolbo‘yidagi Mo‘ynoq shahri dunyodagi eng dahshatli joylardan biri deb topildi. Repost’ning yozishicha, telekanal reytingida Qoraqalpog‘istonning Nukus shahridan 220 kilometr uzoqlikda joylashgan ushbu shahar 11-o‘rinni egalladi.
Qashqadaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Z.Mirzayev 5 yanvar kuni Chiyal "G‘ururim” dehqon oziq-ovqat bozorida o‘tkazgan sayyor qabuli davomida Chuvulloq mahallasilik bir fuqaroning murojaatidan so‘ng uning ijtimoiy himoyaga muhtoj qo‘shnisiga moddiy va ma’naviy yordam berish xususida tuman mutasaddilariga tavsiya berdi.
2019 yilning 4 yanvar kuni kuchli qor yog‘ishi va ko‘rish imkoniyatlarining keskin pasaygani sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida yog‘ayotgan qor ba’zi joylarda ko‘chkilar va boshqa noqulayliklarga sabab bo‘layapti.
Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida 13 yoshli maktab o‘quvchisi 16 yoshli o‘quvchini pichoqlab, yaralagan. Bu haqda Telegram’dagi Muxbir.uz kanali xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi fuqaroning og‘ir ahvoldaligi aytilgan video tarqaldi. Videoda chiqish qilgan Husniddin Mirzayev 14 tonna g‘allasi hudud profilaktika inspektori tomonidan tortib olingani-yu, qizining nomusiga tegishga harakat bo‘lganidan shikoyat qiladi.
Joriy yilning 2 yanvar kuni Internet nashrlarida “Qashqadaryo hokimi dalani payxon qilgan qo‘ylarni so‘yishni buyurdi” sarlavha ostida videolavha chop etilgandi. Viloyat prokuraturasi matbuot xizmati bu borada rasmiy bayonot bilan chiqdi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev dalani payhon qilgan qo‘ylarni so‘yib yuborib, xalqqa tarqatish bo‘yicha buyruq bergani bilan bog‘liq xabarlarga aniqlik kiritish maqsadida viloyat hokimligi Axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov videoni tasvirga oldirganlikda gumon qilinayotgan viloyat qishloq xo‘jaligi inspeksiyasi boshlig‘i Akrom Aripov bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.
Qashqadaryoda dalani payhon qilgan qo‘ylar so‘yildi. Videoda chiqish qilgan mas’ulning aytishicha, mazkur o‘zboshimchalik viloyat hokimi tomonidan buyurilgan, deb yozadi manba.
Joriy yilning 13 dekabr kuni soat 08:30 dan 06:30 ga qadar G‘uzor tumanidagi "Uz.GTL" loyihasi asosida qurilish ishlarini olib borayotgan "Enter Engineering Pte. Ltd" qurilish kompaniyasining jami 65 nafar ishchilari viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasi va Nishon tumani Tibbiyot birlashmasiga ovqatdan zaharlanish tashhisi bilan yotqizilgan.
Videodan anglashilishicha, bozorda savdo qilmoqchi bo‘lgan savdogarlar ikki haftadan beri sanitariya talablariga javob bermaydigan hududda savdo qilishga majbur bo‘lgan.