Bugun, 6 yanvar kuni Qashqadaryo viloyat hokimligi majlislar zalida jurnalist va blogerlar ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Brifingda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2020 yildagi rejalar haqida ma’lumot berdi.
"Nasafnews" muxbirining xabariga ko‘ra, Zoyir Mirzayev 2020 yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 16 qavatli uy-joylar qurilishi haqida ma’lumot bergan.
Ma’lumotga ko‘ra, 1700 ta 9/16 ko‘p qavatli xonadonlar barpo etiladi.
Uylarning 1106 tasi kam ta’minlangan oilalarga ajratiladi.
-Uylarni qurishda sifatli qurilish materiallaridan foydalanamiz. Lekin pishiq g‘ishtni ishlatmaymiz. Bu ekologiyaga zarar,-deydi Zoyir Mirzayev.