Qashqadaryo viloyatida DXX va prokuratura hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Baliq boshidan degan gap bor o‘zbek xalqida. Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida hokimligiga qarashli binoda elektr energiyasiga o‘zboshimchalik bilan ulanib, davlatning puli talon-taroj qilib kelingan.
Toshkentda 30 noyabr kuni O‘zbekiston Senatining 24-yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda 17 ta masala, xususan, 2020 yilgi Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun muhokama qilindi. Senat majlisida 26 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Zoir Mirzayev ham qatnashdi.
Hokimlik axborot xizmatining yozishicha, ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida Qamashi tuman IIB Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘i, mayor Choriyor Mahmudov bilan suhbatlashilgan.
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 101-sonli maktabning yuqori sinf o‘quvchilari o‘qishga borish o‘rniga pul ishlab topish uchun Toshkent va Qozog‘istonga ketishmoqda. Bu haqda UPL xabar qildi.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga joriy yil 25 noyabr kuni tungi soat 02.40da bir oilaning 5 nafar a’zosi is gazidan zaharlangan holda keltirildi.
So‘nggi kunlarda «Nasafnews» axborot portaliga Shahrisabz tumani emas, balki Shahrisabz shahrining markazidan murojaatlar kelib tushmoqda. Murojaatlarning mazmuni bir xil, gaz yo‘qligi, elektr tokidagi uzoq uzilish va ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar.
Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida yashovchi 54 yoshli ayol Bibixol Eshmirzayeva fuqarolik pasportida erkak sifatida ko‘rsatilgan.
Qashqadaryoda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtomashina butunlay yonib ketdi.
Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidan Qarshi shahriga yo‘lovchi tashuvchi “Damas” haydovchilarining shikoyat qilishicha, YPX inspektorlari haydovchilarning hujjatini olib qo‘yib, har kuni paxtaga bepul hasharchi tashishga majbur qilinmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyat “Jurnalistlar uyi” binosining achinarli ahvolga kelib qolganligi haqida xabar e’lon qilindi.
Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati YouTube videoxostingida «Qashqadaryoda YPX xodimlari bilan katta tortishuv. Mashina haydovchisi bilan evakuatorga ortildi» sarlavhasi ostida joylashtirilgan videoga munosabat bildirdi.