Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi «Taxtaqoracha» (Kitob) dovoni qayta ochildi. Bu haqda Avtomobil yo‘lllari qo‘mitasi xabar berdi.
«M-39 «Toshkent-Shahrisabz-Termiz» avtomobil yo‘lining Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi «Taxtaqoracha» (Kitob) dovonidan o‘tgan qismlarida 2019 yilning 4 yanvar kuni kuchli qor yog‘ishi va ko‘rish imkoniyatlarining keskin pasaygani sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Bugun 2020 yil 5 yanvar kuni soat 8:30da M-39 «Toshkent-Shahrisabz-Termiz» avtomobil yo‘lining Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi «Taxtaqoracha» (Kitob) dovonidan o‘tgan qismlarida atotransport harakati yo‘lga qo‘yildi», deyiladi Avtomobil yo‘lllari qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.
Bundan avvalroq «Toshkent—Shahrisabz—Termiz» avtomobil yo‘lining Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi «Taxtaqoracha» (Kitob) dovonidan o‘tgan qismlarida 4 yanvar kuni kuchli qor yog‘ishi va ko‘rish imkoniyati keskin pasayganligi sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilgani to‘g‘risida xabar berilgandi