Ukraina sobiq prezidenti Leonid Kuchma Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampni Ukraina tomonidan kechirim so‘rashga chaqirdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagon rahbari Jeyms Mettisning faoliyatidan qoniqish hosil qilmayapti. Bu haqda The New York Times nashri o‘z manbalariga tayangan holda xabar tarqatgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vladivostokda Sharqiy iqtisodiy forum doirasida Xitoy Xalq Respublikasi yetakchisi Si Szinpin bilan uchrashdi. Putin unga birgalikda rus milliy taomini tayyorlashni taklif qildi.
AQSh prezidenti Donald Trampning tvitterdagi o‘z sahifasida yozishicha, Rossiya va Eron Suriya prezidenti Bashar Asadning Idlib viloyatidagi «telbalarcha» hujumini qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘lsa, «juda jiddiy xato» qilishi mumkin.
Amerikalik rep-qo‘shiqchi Kanye Uest 2024 yilgi AQSh prezidenti saylovlarida qatnashish imkoniyatini jiddiy ravishda ko‘rib chiqayotganini aytdi, deb yozadi «Gazeta.ru». Bu haqda u Chikago radiosiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
25 avgust kuni vafot etgan senator Jon Makkeyn Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Trampga «ishora» qoldirgan.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning ma’lum qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Evropa ittifoqini yo‘q qilib tashlash» haqida orzu qilmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtonda senator Jon Makkeyn bilan vidolashuv marosimi o‘tkazilayotgan paytda golf o‘ynashga ketgan, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
AQSh prezidenti Donald Tramp payshanba kuni Xalqaro tijorat tashkilotidan chiqish bilan tahdid qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2017/2018-o‘quv yilidagi olimpiadalar g‘oliblari va ularning ustozlari bilan Sochida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zi bolaligida yashagan mahalla (dvor — hovli) haqida gapirib berdi, deb yozadi «daryo.uz».
Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamkasbi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan 7 sentyabr kuni Tehronda uchrashadi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
AQSh Adliya vazirligi departamenti katta advokati Bryus Orning ma’lum qilishicha, Rossiya razvedkasi AQSh prezidenti Donald Trampning ularning «qarmog‘ida» ekaniga amin bo‘lgan.