Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamkasbi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan 7 sentyabr kuni Tehronda uchrashadi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Buni Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov juma kunidagi matbuot anjumanida aytdi.
Peskov bergan ma’lumotga ko‘ra, Turkiya, Rossiya va Eron (Hasan Ruhoniy) rahbarlari Suriya masalasini muhokama qilish uchun Tehronda sammit o‘tkazadilar.
Shuningdek, o‘tkaziladigan sammit davomida Erdo‘g‘an va Putin ikki tomonlama aloqalarni ham muhokama qilishadi.
Ushbu Tehron sammiti Ostonadagi yig‘lishda belgilangan Suriyadagi inqirozni hal qilishni kafolatlovchi davlat (Turkiya, Eron va Rossiya)larning uchinchi yig‘ilishi hisoblanadi. Bundan oldin ular 2017 yil 22 noyabrda Sochida va 2018 yil 4 aprelda Anqarada yig‘ilishgan.
Manba: azon.uz